» » O‘zbekiston birjasida Qirg‘iziston va Qozog‘istondan import qilingan toshko‘mir va jigarrang ko‘mir sotilmoqda

O‘zbekiston birjasida Qirg‘iziston va Qozog‘istondan import qilingan toshko‘mir va jigarrang ko‘mir sotilmoqda


2018-yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida Qirg‘iziston hamda Qozog‘istonning toshko‘mir va jigarrang ko‘miri sotila boshlandi. Bundan maqsad isitish mavsumi davomida spekulyativ narx oshishiga to‘sqinlik qilish, deb xabar berdi “Podrobno.uz”.

Ayni vaqtda birjada turli markadagi ko‘mirlar uchun 17 ta standart birja shartnomalari ochiq. Birja savdolarida qatnashish uchun mazkur shartnoma qiymatining 1 foizdan 5 foizgacha bo‘lgan mablag‘ini badal sifatida qo‘yish lozim. Boshlang‘ich narxi esa ko‘mirning markasidan kelib chiqqan holda bir tonnasi uchun 350 mingdan 700 ming so‘mgacha. Batafsil ma’lumotlar bilan birjaning saytida tanishish mumkin.

“Ikki oydan kamroq vaqt ichida birja savdolari orqali 260 ming tonnadan ortiq turli markadagi import ko‘mirlar sotildi”, — deyiladi birja xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan importchilar ayrim turdagi mahsulotlarni, jumladan, ko‘mirni ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda birja orqali sotishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют