» » Surxondaryodagi sement zavodida ishchilar o‘rtasida yuz bergan janjal o‘lim bilan tugadi

Surxondaryodagi sement zavodida ishchilar o‘rtasida yuz bergan janjal o‘lim bilan tugadi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi sement zavodida 17-fevral kuni soat 22:30 larda ishchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani, Gulobod mahallasida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan T.Mahmudov mast holda hamkasbi, 1987-yilda tug‘ilgan H.Mamanazarovga pichoq bilan tashlanadi.

Zavodda ishlaydigan qarindoshi, 1985-yilda tug‘ilgan O‘.Mahmudov ularni ajratmoqchi bo‘lganida, unga ham pichoq bilan hamla qiladi. 

Hodisa oqibatida H.Mamanazarov voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. O‘.Mahmudov kasalxonaga yotqizildi. T.Mahmudov esa qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 14:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют