» » Samarqanddagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 460 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etdi

Samarqanddagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 460 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etdi


Samarqandda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda viloyatdagi 460 dan ortiq korxona va tashkilot o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda 4024 nafar ishsiz fuqaro joylardagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan va ularning 1393 nafari ishga joylashtirilgan. 100 dan ortiq ishsiz fuqaro joriy yil yanvar-fevral oylarida Kattaqo‘rg‘on va Jomboy tumanlarida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida ishga joylashtirilgan, 2602 nafar fuqaroga ishsizlik maqomi berilgan.

Mazkur mehnat yarmarkasi ham ish topishda qiynalayotgan kam ta’minlangan oilalar vakillari, muqaddam sudlanganlar, chet eldan qaytib kelganlar, oliy o‘quv yurti va kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar, aliment to‘lovi ololmayotgan ayollar hamda hozirda ishsiz bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yarmarka doirasida viloyatning turli hududlarida yashovchi ehtiyojmand oilalarga viloyat hokimligi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat kengashi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan gaz plitasi va boshqa maishiy texnik vositalari sovg‘a qilindi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, tadbirkorlarga banklardan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kunning birinchi yarmida 600 dan ortiq ishsiz fuqaroni ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют