» » Toshkentda yil oxirigacha Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyi tashkil etiladi

Toshkentda yil oxirigacha Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyi tashkil etiladi


Toshkent shahrida yil oxirigacha Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zA sahifalarida poytaxtda Qodiriy uy-muzeyini tashkil etish bilan bog‘liq xavotir bildirilgan maqola e’lon qilingandi. Bunga javoban Madaniyat vaziri o‘rinbosari K. Akilovadan javob xati yo‘llagan.

Unda, jumladan, shunday deyiladi:

“O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning tegishli topshirig‘iga asosan Toshkent shahri, ‘Samarqand darvozasi’ mahallasida joylashgan Abdulla Qodiriy yashab ijod qilgan uy va bog‘ hovli hududida 2018-yil yakuniga qadar Abdulla Qodiriy bog‘-muzeyini tashkil etish va bu ishlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish rejalashtirilganligi hamda mazkur masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют