» » Foto: Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yangi (eski) yo‘l deyarli tayyor

Foto: Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yangi (eski) yo‘l deyarli tayyor


Toshkentdagi Sharof Rashidov ko‘chasining Alisher Navoiy va Abdulla Qodiriy ko‘chalarini tutashtiruvchi bo‘lagini qayta tiklash ishlari deyarli yakuniga yetdi. Facebook’da e’lon qilingan suratlarda yo‘lda so‘nggi obodonlashtirish va pardozlash ishlari olib borilayotganini ko‘rish mumkin.

Sharof Rashidov ko‘chasining bu qismi 2000-yillar o‘rtalarida yopilib, yashil hududga aylantirilgan edi. Uning qayta ochilishi, ayniqsa, Amir Temur ko‘chasining Oloy bozori oldidan o‘tgan qismi hamda Labzak dahasida kuzatiladigan tirbandliklarni qisman bartaraf etishga yordam berishi kutilmoqda.

O‘tgan davr ichida daraxtzorga aylanib ulgurgan hududni qaytadan avtomobil yo‘liga aylantirish ishlari 3-oktabr kuni boshlangan edi. O‘shanda yo‘l 9-oktabr, dushanba kuniga qadar foydalanishga topshirilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yo‘l qayta tiklanmoqda

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют