» » Chelyabinskda maktab o‘quvchisi yonayotgan kvartiradan ikki o‘smirni qutqardi

Chelyabinskda maktab o‘quvchisi yonayotgan kvartiradan ikki o‘smirni qutqardi


Chelyabinskda o‘ninchi sinf o‘quvchisi turar joyning oltinchi qavatidagi kvartirada yuzaga kelgan yong‘indan ikki o‘smirni qutqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Yong‘in o‘tgan dam olish kunlari yuz berdi. Mazkur kvartirada keksa ayol 10, 12 yoshli nabiralari bilan birga yashagan. Qaysidir lahzada yolg‘iz qolgan bolalar gugurt bilan o‘ynashi oqibatida kreslo yona boshlagan. Bolalar balkonga chiqib yordamga chaqirgan.

Qo‘shni kvartiraga mehmon bo‘lib  kelgan o‘ninchi sinf o‘quvchisi Artyom Polukeyev balkonning deraza blokini buzishga qaror qilgan va bolalarni o‘zi tomonga chaqirgan. Oqibatda bolalar jabrlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют