» » 22-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

22-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


22-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—2, kunduzi 10—12 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 0—5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 8—10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarida 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarida 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют