» » 24-yanvar kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

24-yanvar kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


24-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1—3, kunduzi 11—13 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 8—13 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 9—14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют