» » 30-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

30-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


30-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 10—12 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10—15, Navoiy viloyatining shimoli bo‘ylab 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 6—11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют