» » Xayriya aksiyasi. Baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotgan Nigoraga yordam beraylik!

Xayriya aksiyasi. Baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotgan Nigoraga yordam beraylik!


2017-yil 4-fevral kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 25 yoshli Nigora Akramovaning boshiga musibat tushdi. U o‘sha kuni ehtiyotsizlik oqibatida kuyish jarohatini oldi.

“O‘sha kuni oshxonani yig‘ishtirayotgan edim. Tasodifan oyog‘im sirpanib, ustimga gaz plitada qaynab turgan 5 litr suv to‘kilib ketdi. Onam o‘sha kuni shifoxonada og‘ir ahvolda edi. Yuz bergan hodisadan qattiq qo‘rqib ketgan edim. Azoyi badanim achishib, og‘riq tobora zo‘rayib borar edi. Qo‘shnilar tez yordam chaqirdi. Shu tariqa meni 16-shifoxonaga olib ketishdi. Yetti kun davomida shoshilinch bo‘limda og‘ir ahvolda yotdim. Menga 35—40 foizlik og‘ir kuyish darajasi va yurak porogi tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng muntazam kuzatuv bo‘limida davolanishni davom ettirdim. Shu paytgacha 17 marta umumiy narkoz olishimga to‘g‘ri keldi. Hozirda to‘shakka mixlanib qolganman. Bundan tashqari, menda poliartrit kasalligini ham aniqlashdi. Qo‘llarim va oyoqlarim qiyshayib ketmoqda.

Onam 2-guruh nogironi. Ular ham tez-tez shifoxonada davolanishi kerak. Onam bir kun uyda bo‘lsa, besh kun kasalxonada. Shuning uchun moddiy ahvolimiz og‘ir”, — deydi Nigora Akramova.

Saxovatpesha insonlardan Nigoraning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:Plastik karta orqali:(Click, Payme) Akromova Nigora.

Xalqbank: 8600-0604-8112-3892.

Savdogarbank: 8600-0804-7968-9662

Murojaat uchun telefon raqamlari: +998974319883.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют