» » Toshkent yuridik kollejidagi pichoqbozlik sabablari ma’lum bo‘ldi (video)

Toshkent yuridik kollejidagi pichoqbozlik sabablari ma’lum bo‘ldi (video)


Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida shu kollejning uch o‘quvchisi o‘rtasida 6-oktabr kuni yuz bergan kelishmovchilik ulardan birining o‘limi bilan tugagani haqida xabar berilgandi. Jabrlanuvchi va aylanuvchi noxush hodisa aslida nimadan boshlangani so‘zlab berdi.

Jabrlanuvchi Rahmatilla Yorqoriyevning so‘zlariga ko‘ra, Saidkamron Saidvohidov uning boshiga baklajka otib qolganligi sabab kelishmovchilik yuzaga kelgan.

“O‘rtog‘imga hazillashib baklajka otgandim, Rahmatilla ismli bolaning boshiga tegib ketdi. O‘rtada xashaki janjal yuzaga keldi. Bolalar bizni ajratib tashladi. Men tashqariga chiqdim, ular ham chiqishdi. Rahmatillani bir daqiqaga chetga olib o‘tdim…”, — deydi ayblanuvchi Saidvohidov.

“U menga hazillashganini aytdi, men esa ‘hazillashadigan ahvolda emasman’, deb javob qaytardim. Shunda u yonidan pichoq chiqarib sanchib oldi”, — deydi jabrlanuvchi Rahmatilla Yorqoriyev.

“Bo‘lgan voqeadan shokka tushib, Asadbekka ham pichoq tiqib oldim”, — dedi ayblanuvchi.

Ayblanuvchi ushbu pichoq suvenir ekanligini va uni do‘stlariga maqtanish uchun kollejga o‘zi bilan birga olib kelganini so‘zladi.

Natijada Parpiboyev “Chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati. Faol qon ketishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM)ga yotqizilgan va olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Yorqoriyevga RShTYoIMda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Birinchi noxush hodisa oldidan: yuridik kollejidagi tartibsizliklar TV orqali ko‘rsatilgan edi, biroq hech qanday chora ko‘rilmagan (video)

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют