» » Shavkat Mirziyoyev mahalliylashtirish dasturi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev mahalliylashtirish dasturi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni import hajmini qisqartirish va mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish ishlarini tahlil qilish, bu boradagi eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mahalliylashtirish dasturi va importni qisqartirish rejasi ijrosini chuqur tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy baholadi. 2017-yilda 948 ta mahalliylashtirish loyihasidan 176 tasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlanmagani, 218 tasi bo‘yicha esa ishlab chiqarish prognozi bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Importni qisqartirish rejasi 88 foizga bajarilgani tanqidiy tahlil qilindi.

“Tarmoqlar uchun zarur uskunalar va tez ishdan chiquvchi butlovchi qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish to‘g‘risida 10-15 yildan buyon gapiramiz. Lekin, tashabbus va amaliy harakat yo‘q. Bir qator soha rahbarlari mahalliylashtirishni o‘ylamayapti, zarur mahsulotni osongina chetdan olib kelib qo‘yayapti. Bunga hozirgi raqobat sharoitida mashaqqat bilan topilayotgan, iqtisodiyotning asosi bo‘lgan valyuta mablag‘lari sarf bo‘lib ketmoqda”, — dedi davlat rahbari.

Mahalliylashtirishni rag‘batlantirish uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlarining natijadorligi ham tahlil qilindi.

Ayrim tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari asossiz tayinlangani natijasida mamlakatda ishlab chiqarilgan ba’zi tovarlar narxi import qilinganiga nisbatan yuqori bo‘lmoqda. Masalan, to‘qimachilik sanoati uchun import qilinadigan tayyor uskunalar barcha bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Ammo, shu uskunani ishlab chiqarish uchun butlovchi qism import qilinadigan bo‘lsa, 20 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanadi.

Yig‘ilishda Prezident sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliylashtirishni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Iqtisodiyot va Tashqi savdo vazirliklariga pishiq-puxta ishlangan, yangi Mahalliylashtirish dasturini shakllanitirish bo‘yicha topshiriq berildi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, raqobatbardosh narxda mahalliylashtirish imkoni bo‘lmagan ayrim butlovchi qismlarni import qilishda bojxona to‘lovlarini bekor qilish yuzasidan aniq takliflar kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Yirik korxonalar va kichik biznes uchun uskunalar, tez ishdan chiquvchi qismlar, shtamplangan mahsulotlar, kichik gidrogeneratorlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va xo‘jalik birlashmalari rahbar va mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda Import hajmi va tarkibini tizimli ravishda tahlil qilish asosida yangi mahalliylashtirish quvvatlari tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzish vazifasi qo‘yildi.

Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют