» » Yozuvchilar uyushmasida Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Yozuvchilar uyushmasida Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uyushma raisi M. Ahmedov, O‘zbekiston san’at arbobi I. G‘ofurov, adabiyotshunos olimlar U. Normatov, N. Karimov va boshqalar adib hayoti va ijodi, uning fe’l-atvori, shogirdlariga munosabati haqida so‘zlab berdi.

Odil Yoqubov hayoti davomida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlab, yetuk shogirdlar yetishtirdi. Uning asarlarini o‘quvchilar sevib o‘qiydi. Sahnaga qo‘yilgan komediyalari o‘z muxlislariga ega.

Adabiyotga kirib kelayotgan yosh ijodkorlar uchun ushbu tadbir o‘ziga xos ijodiy kechaga aylanib ketdi.

Tadbirda bugungi kunda kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati, yosh ijodkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, adabiyotdagi o‘zgarishlar va uning ravnaqi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют