» » Ozbekistonda 50 ta yangi kon ozlashtirishga tayyorlanmoqda

Ozbekistonda 50 ta yangi kon ozlashtirishga tayyorlanmoqda


Ozbekiston oltin, uran, mis kabi bir qator foydali qazilmalar zaxiralari boyicha dunyoning yetakchi on davlati qatoriga kiradi.Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi tomonidan otkazilgan matbuot anjumanida malum qilindi, deya xabar beradi OzA.

Anjumanda sohada amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida malumot berildi. Qomita vakillariga kora, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish hisobiga moljallangan 7 yangi kon orniga jami 26 ta kon: 14 ta yerosti suvi, 5 ta oltin, 3 ta kvars, 1 tadan temir rudasi, volfram, slanes, glaukonit konlari sanoatda ozlashtirishga tayyorlangan.

20182019-yillarda 25 turdagi foydali qazilmalar zaxiralarini kopaytirish va geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish hisobiga 50 ta yangi kon sanoatda ozlashtirishga tayyorlanadi. Ularning 22 tasi oltin, 3 tasi uran, 2 tasi rangli metall va har xil noruda foydali qazilmalardir.

Qomita raisi orinbosari A.Mavlonovning takidlashicha, tizimda yer qarini geologik organish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida yagona markazlashgan nazorat tizimini amalga oshiruvchi yangi inspeksiya tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Joriy etiladigan yangi tartibga kora, litsenziya olishda tadbirkorlarga qulay bolishi uchun talab etiladigan hujjatlar hududlarning ozida qabul qilinadi. Ilgarigidek, yil boshidagi ochiq savdolar kutilmaydi, 20 kun ichida litsenziya olish imkoni yaratiladi.

Bundan tashqari, joriy yil 1-aprelidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining yer osti suvlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish vazifasi ham Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasiga otkazilishi kozda tutilmoqda. Natijada tadbirkorlar ikki idoraga emas, togridan-togri Qomitaning hududiy gidrogeologiya stansiyalariga murojaat qilib, 10 kun ichida ruxsatnomaga ega boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-02-2018, 08:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -