» » Tramp Floridadagi otishmadan so‘ng maktab o‘qituvchilarini qurollantirishni taklif etdi

Tramp Floridadagi otishmadan so‘ng maktab o‘qituvchilarini qurollantirishni taklif etdi


AQSh prezidenti Donald Tramp maktab o‘qituvchilariga himoya uchun yashirin ravishda qurol olib yurishga ruxsat berishni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“O‘qituvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi va o‘zi bilan yashirin ravishda qurol olib yurishi o‘rinli bo‘lardi. Shuningdek, quroldan xoli hududlar ham bo‘lmasligi kerak”, — dedi Tramp Floridadagi 17 kishi halok bo‘lgan maktab vakillari ham qatnashgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan uchrashuvi chog‘ida.

Davlat rahbariga ko‘ra, jinoyatchilar, ularga hech kim javob o‘qini uzmasligini bilib, aynan shunday hududlarda jinoyat sodir etishga urinmoqda.

Tramp maktablarga qo‘riqchi sifatida qurol bilan muomala qilishni biladigan sobiq harbiylarni ishga olishni taklif etdi. Mamlakatda qurol sotib olish chog‘idagi tekshiruv jarayoni kuchaytirilishini va’da qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют