» » WBC reytingida kuchli oltilikda borayotgan yengilmas Qudratillo Abduqahhorov 14-jangi uchun Malayziyaga yo‘l oldi

WBC reytingida kuchli oltilikda borayotgan yengilmas Qudratillo Abduqahhorov 14-jangi uchun Malayziyaga yo‘l oldi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov professional boksdagi 14-jangini o‘tkazish uchun Malayziyaga yo‘l oldi, deb yozdi “Olamsport”.

WBS Silver kamari sohibi hisoblangan Abduqahhorov 17-mart kuni vengriyalik Laslo Totga qarshi ringga ko‘tariladi. Tot IBF reytingida 15-o‘rindan joy olgan bo‘lib, qolgan yo‘nalishlarda bunday natija qayd eta olmagan.

Qudratillo Abduqahhorovning natijasi esa ancha yaxshi. U WBC reytigida kuchli oltilikda borishidan tashqari, WBA da 6, IBF da 7, vRinge reytingida esa 10-o‘rinni egallab turibdi. Vengriyalik bokschiga qarshi jang g‘alabasi uning pog‘onasini yanada ko‘tarib berishi katta ehtimol.

Professional boksda hozirga qadar 13 ta jang o‘tkazgan Abduqahhorov, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Ya’ni, u mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan biridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют