» » O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalarini tekshirishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalarini tekshirishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi


Toshkent shahridagi “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti bo‘lgan My Air Group IT Service mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan haydovchilik guvohnomalarini tekshirishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

“Mazkur tizimni amalga oshirish uchun ko‘p funksiyali nazorat kassa mashinasi (KNKM) ‘ASA’ qurilmasidan foydalaniladi. Ya’ni bu qurilma kamera orqali xodimning haydovchi bilan muloqotini videotasmaga yozib olish imkonini beradi”, — deydi My Air Group IT Service kompaniyasi savdo ishlari bo‘yicha direktor Saidaziz Mirzayev.

IIV yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari avtomobilni to‘xtatib, KNKM “ASA” qurilmasidagi “Hujjatlarni tekshirish” tugmasini bosadi. Shunda ushbu qurilma avtomatik tarzda kamerani ishga tushiradi.

Bundan tashqari, uskuna YHX xodimining transport vositasini to‘xtatgan vaqtdan boshlab, avtomobil egasi bilan muloqotini uzluksiz ravishda yozadi. Bu esa xizmat vazifasini suiiste’mol qilish yoki haydovchi bilan qo‘pol muomalada bo‘lish kabi kelishmovchiliklarga chek qo‘yadi. Buyurtmachining xohishiga ko‘ra, yozuv avtomatlashtirilgan rejimda yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida joylashgan serverga uzatilishi ham mumkin.

Haydovchilik guvohnomasi “ASA” qurilmasining tegishli nuqtasiga yaqinlashtirilsa, onlayn tarzda server bilan sinxronlashuv ro‘y beradi va ekranda haydovchi haqidagi ma’lumot aks etadi. Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlariga doir ro‘yxat (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rinadi hamda intizomning buzilishi haqidagi axborot ifodalangan chek chiqarib beradi.

Ushbu qurilma orqali jarimani shu joyning o‘zida to‘lash mumkin. Buning uchun NFC (kontaktsiz tranzaksiya) huquqlarini tekshirishdan so‘ng, tegishli intizom buzilishi bo‘limi tanlanib, so‘ng “Jarimani to‘lash” tugmasi bosiladi.

KNKM “ASA” barcha turdagi to‘lov manbalari, ya’ni plastik kartochkalar, naqd pul, mobil ilovalarni qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют