» » Ozbekiston va Hindiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bolib otdi

Ozbekiston va Hindiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bolib otdi


Hindistonning kimyo sanoati va ogitlar davlat vaziri Mansuh Mandaviya boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Ozbekiston va Hindiston ishbilarmon doiralarining biznes-anjumani bolib otdi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Ozbekiston Savdo-sanoat palatasi va Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning farmatsevtika va kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forum doirasida mehmonlarga Ozbekistonda ishlab chiqarishni erkinlashtirish, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, erkin va kichik sanoat zonalari, ularda investorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari va boshqa qulayliklar haqida malumot berildi. Hindiston farmatsevtika va kimyo sanoati kompaniyalari vakillari mamlakatning shu sohadagi salohiyati bilan ham atroflicha tanishtirildi.

Ozbekiston Hindiston hamkorligida farmatsevtika tarmogi alohida orin tutadi. Ushbu tashrifdan maqsad farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishdan iborat. Biznes-forum kelajakdagi hamkorlik yonalishlarini belgilab olish imkonini bergani bilan muhim ahamiyatga ega, dedi M. Mandaviya.

Anjumanda farmatsevtika va kimyo sanoati sohasidagi aloqalarni faollashtirish, shu orqali savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Hindiston kompaniyalarini mamlakatdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-02-2018, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -