» » Iyun oyida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bo‘lib o‘tadi

Iyun oyida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bo‘lib o‘tadi


20-fevral kuni Toshkent shahrida vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, diplomatik missiyalar vakillari uchun seminar-brifing tashkil etildi. Bu haqda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, shu yilning 5—8-iyun kunlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash’ mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ekologik forumiga tayyorgarlikdan iborat edi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur forum atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida barcha manfaatdor mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun hamkorlikdagi ishlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Tadbirda Yevropa, Osiyo va Markaziy Osiyoning atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi bo‘yicha davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari, BMTning tuzilmaviy tashkilotlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy va jamoat tashkilotlari vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Fikrimcha, mazkur forum, haqiqatan ham chora-tadbirlarni qabul qilish zarur bo‘lgan barcha hamkorlarni birlashtiruvchi muhim tashabbusdir, ya’ni atrof-muhit to‘g‘risida shunchaki so‘z yuritish emas, balki amalda chora-tadbirlarni qabul qilishdir. Bugungi o‘tkazilgan brifingdan ko‘rinib turibdiki, forum haqiqatan ham amaliy bo‘ladi va nafaqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo to‘qnashayotgan dolzarb tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal qilish uchun aniq natijalar beradigan va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaydigan harakatlarga yo‘naltirilgan.

Xelena Freyzer, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют