» » Shavkat Mirziyoyev: “Viza olish osonlashdi, endi turistlar o‘zi keladi” deb o‘tirilsa, hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi (video)

Shavkat Mirziyoyev: “Viza olish osonlashdi, endi turistlar o‘zi keladi” deb o‘tirilsa, hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi (video)


Xorijiy turistlarning O‘zbekistonga tashriflari ko‘payishi uchun mamlakatning xorijdagi elchilari ham jiddiy ish olib borishi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tgan.

Tashqi ishlar vazirligi va elchilarimiz viza berishni oson qildik, endi xorijiy turistlar o‘zi keladi deb, kabinetdan chiqmay o‘tiradigan bo‘lsa, hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi.

Elchilarni viloyatlarga yubordim. Nega desangiz, elchilarimizning 95 foizi O‘zbekistonimizning na tarixi, na hozirgi ahvoli, viloyatlarimizdagi sharoitlarni bilmas edi. 25-26 yil deganda birinchi marta, ularning bariga nima qilish lozimligini bir oy davomida tushuntirdik. O‘zim ham uchrashdim.

Lekin vaqt shunday shiddat bilan tez o‘tib ketyaptiki, ertaga — yil yakunida natija qanday bo‘ladi, degan savol har bir elchining oldida ko‘ndalang turibdi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident matbuot xizmatidan qo‘shimcha qilishlaricha, videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston elchilari mamlakat targ‘ibotchisi bo‘lishi kerakligi, bunga chet eldagi o‘zbek vatandoshlar ham hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Har bir turist — investitsiya (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют