» » Shavkat Mirziyoyev: Hind musulmonlari O‘zbekistonga ziyoratga kelsa, bu valyuta tushumini ko‘paytirish uchun katta zaxira emasmi? (video)

Shavkat Mirziyoyev: Hind musulmonlari O‘zbekistonga ziyoratga kelsa, bu valyuta tushumini ko‘paytirish uchun katta zaxira emasmi? (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayotgani ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilishdan reportaj “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Har bir turist — investitsiya (video)

Shavkat Mirziyoyev Malayziya, Indoneziya va Turkiya uchun vizasiz tartib joriy etilganini eslatib, 180 million musulmon istiqomat qiladigan Hindistondan ham O‘zbekistonga ziyoratchilarning tashrif buyurish istagi yuqori ekanligini bildirdi.

O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi ulkan imkoniyatlaridan foydalanishimiz zarur. Mana, Malayziya, Indoneziya, Turkiya davlatlari fuqarolari uchun viza olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

Misol uchun, 180 million musulmon fuqarosi bor Hindistonning din ulamolari O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga yuqori qiziqish bildirib, amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirganliklari bizni quvontiradi.

Hind musulmonlari mamlakatimizga kelib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilsa, axir bu turistlar oqimini va valyuta tushumini ko‘paytirish uchun juda katta zaxira emasmi?

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 10-fevralidan boshlab, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lishga ruxsat berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Viza olish osonlashdi, endi turistlar o‘zi keladi” deb o‘tirilsa, hech qanday jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi (video)

Bundan tashqari 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют