» » O‘zbekistonga kirish vizasini soddalashtirilgan tartibda oladigan davlatlar soni 15 tadan 51 tagacha ko‘paytirildi

O‘zbekistonga kirish vizasini soddalashtirilgan tartibda oladigan davlatlar soni 15 tadan 51 tagacha ko‘paytirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choralar ko‘rish haqidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun sayyohlik vizalarini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni keskin ko‘paytirildi.

Bungacha faqat Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Yaponiya, Shveysariya, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmoqda edi.

Prezidentning 2-fevraldagi farmoniga muvofiq, 2018-yil 10-fevraldan ro‘yxatga yana 39 mamlakat, jumladan,

fuqarolari ham qo‘shildi. Shunday qilib, 10-fevraldan Turkiya, Malayziya va Yaponiya fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi uchun vizasiz tartib joriy etilayotgani hisobga olinsa, viza tartibining soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan mamlakatlar soni 15 tadan 51 taga ko‘paydi.

Ushbu davlatlar turistlariga 30 kungacha bo‘lgan muddatga va ishbilarmonlariga 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ko‘p martalik viza beriladi. Bunda ulardan turistik vaucher yoki O‘zbekistondagi taklif qiluvchi yuridik va jismoniy shaxsning taklifnoma bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi talab etilmaydi. Viza 2 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют