» » G‘ayrat Fozilov: Viza berish tartibi yana 25 ta davlatga nisbatan soddalashtiriladi

G‘ayrat Fozilov: Viza berish tartibi yana 25 ta davlatga nisbatan soddalashtiriladi


O‘zbekiston Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etuvchi qarorni ishlab chiqmoqda, shuningdek, elektron vizalar tizimini ishga tushirish ham rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar 2017—2021-yillarda mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan O‘zbekiston viza rejimining erkinlashtirilishi doirasida amalga oshirilmoqda.

G‘ayrat Fozilovning so‘zlashicha, vizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yaqinda Turkiya va Polsha fuqarolari uchun soddalashtirilgan bo‘lib, yana 25 mamlakatga nisbatan buni qo‘llash rejalashtirilmoqda. Viza berishning soddalashtirilgan tartibi Yevropa, Malayziya, Tailand va Yevropaning 10 ta mamlakati fuqarolariga amal qiladi.

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonda individual va guruh turizmi uchun talablar soddalashtirilganligini ham eslatib o‘tdi.

Kelgusi yilda chet eldagi diplomatik muassasalarda ariza beruvchining shaxsan ishtirok etishini minimallashtirish uchun barcha konsullik xizmatlari elektron shaklga o‘tkaziladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют