» » 10-fevraldan Turkiya, Isroil, Indoneziya va yana to‘rt mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi

10-fevraldan Turkiya, Isroil, Indoneziya va yana to‘rt mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choralar ko‘rish haqidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni 9 tadan 16 tagacha ko‘paydi.

Hozirga qadar faqat Qirg‘iziston (60 kungacha), Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin edi.

Prezident farmoni bilan, 2018-yildan 10-fevraldan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari ham O‘zbekiston hududiga 30 kungacha vizasiz kirishlari mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajlari a’zolaridan ham endi viza talab qilinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют