» » AKFA alyumin kompozit panellari va profillari qanday qilib shahar transporti xavfsizligini oshiradi

AKFA alyumin kompozit panellari va profillari qanday qilib shahar transporti xavfsizligini oshiradi


2018-yilda mamlakatimiz yo‘llarida JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ O‘zbekiston—Germaniya qo‘shma korxonasi tomonidan chiqarilgan, AKFA kompozit panellari va profillari bilan jihozlangan 80 ta yangi avtobuslar paydo bo‘ladi.

Qo‘shma korxona O‘zbekistonda 2009-yildan beri faoliyat yuritmoqda. Yaqin vaqtlargacha JV MAN Auto-Uzbekistan yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shahar transporti tarmoqlarini zamonaviy avtobuslar bilan ta’minlash loyihasi 2016-yilda boshlandi. Shu davr mobaynida 50 ta avtobus ishlab chiqarildi, ularni yo‘lovchilar allaqachon ijobiy baholashgan. Katta sig‘imli salon puxta o‘ylangan ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan, yumshoq o‘rindiqlar esa o‘tirish uchun juda qulay. Shuningdek, avtobuslarda alohida ehtiyojlarga ega shaxslar uchun bemalol kirish yo‘llari va maxsus o‘rinlar ko‘zda tutilgan.

MAN nemis konserni korxonalari yo‘lovchilar xavfsizligi, materiallarning ekologik tozaligi, xomashyoning doimiy sifatiga yuqori talablar qo‘yadilar. Shuning uchun yirik konsern bilan ishlashni xohlagan mahalliy yetkazib beruvchilar o‘zlarining ushbu talablarga muvofiqligini tasdiqlashlari lozim.

JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK bilan AKFA kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik 2016-yilda, dastlabki past polli avtobuslarni chiqarishdan boshlangan. Bozorda uzoq muddatli bo‘lish (2004-yildan), murakkab vazifalarni hal etish tajribasi, iste’molchilarning yuqori ishonchi yetkazib beruvchi foydasiga gapirardi. AKFA alyumin kompozit panellari va profillarini avtobussalonining ichki qoplamasi va kuzov karkasining bir qismi uchun qo‘llaniladi. Bunday material xavfsizlikning alohida talablariga muvofiq kelishi lozim: salon ichidagi yo‘lovchilar u bilan doimiy kontaktda bo‘lishadi. Zaharli moddalarsiz, yong‘inga bardoshlilik, shovqindan yuqori darajadagi himoyalash, amaliylik, uzoq muddatli foydalanish – AKFA kompozit panellari barcha sinovlardan o‘tishdi.

Ikki yillik foydalanishdan keyin avtobuslarning ichki qoplamasi o‘zining boshlang‘ich tavsiflarini saqlab qoldi. Boz ustiga, jamoat transporti kuniga bir necha ming yo‘lovchilarni tashib doimo yuqori bosim ostida bo‘ladi! Qanday qilib AKFA kompaniyasi bunday yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishga va mahsulot ishonchliligini kafolatlashga muvaffaq bo‘ldi?

Bitta MAN avtobusi salonini qoplamalar bilan bezash uchun 1000 kilogramm AKFA alyumin kompozit panellari zarur. Bu panellar mamlakatimizda yuqori texnologiyali koreys liniyasida ishlab chiqariladi. Sex yevropa standartlari bo‘yicha ishlaydi, ishlab chiqarishga faqat yuqori malakali xodimlar qo‘yiladi.

Texnik tavsiflari. AKFA AKP yuqori chidamlilikdagi g‘aroyib polimer qatlami bilan qoplangan — O‘zbekistonda bu texnologiya faqat AKFA kompaniyasida joriy etilgan.Bu maxsus qatlam panelni rangi o‘chib ketishdan saqlaydi va unga qo‘shimcha chidamlilik beradi. Lak-bo‘yoq qoplamali alyumin listning qalinligi 250 mikronga teng: mutaxassislar mahsulot mustahkamligi va frezerlikdan keyin panelni zarur burchak ostida aniq bukishni ta’minlashning mutanosibligini beruvchi eng ma’qul qalinlikni topishdi. Bundan tashqari, AKFA AKP qiyin yonuvchan materal bo‘lib, bu uning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlaydi.

Har bir tayyor panel qattiq sifat nazoratidan o‘tadi. “Biz yo‘lovchilar xavfsizligi bilan o‘ynasholmaymiz. Bizga O‘zbekistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishonch bildirishmoqda va biz mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashimiz shart”, — deb ta’kidladi kompaniya ishlab chiqarish majmuasi boshlig‘i.

AKFA kompaniyasi O‘zbekiston bozorida alyumin va plastik profillarning birinchi yirik ishlab chiqaruvchisi va eksport qiluvchisi hisoblanadi. AKFA kompaniyalar guruhi ishlab chiqarish bazasiga alyumin va plastik profillar, isitish radiatorlari, alyumin kompozit panellar, shuningdek, furnitura va butlovchilar ishlab chiqarish zavodlari kiradi.

JV MAN Auto-Uzbekistan”O‘zbekiston—Germaniya qo‘shma korxonasi 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan MAN zamonaviy va ishonchli avtomobil texnikalarini ishlab chiqaradi. Korxonada ISO 9001 sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va unga amal qilinmoqda.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют