» » Vyacheslav Pak O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Vyacheslav Pak O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Prezidentining 23-fevraldagi qarori bilan Yorqin Tursunov moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Vyacheslav Pak tayinlangan.

Yorqin Tursunov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan, biroq aynan qayerga ishga o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

Adliya maslahatchisi Vyacheslav Pak esa so‘nggi yillarda Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida ishlab kelayotgan edi. U 2016-yili Mustaqillik bayrami arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют