» » Misrda qimmatbaho buyumlarga to‘la qadimiy qabriston aniqlandi (video)

Misrda qimmatbaho buyumlarga to‘la qadimiy qabriston aniqlandi (video)


Yuqori Misrning al-Minya viloyatida, Qohiradan 300 kilometr janubda kohinlar qabristoni topildi. Arxeologik kashfiyot haqida Misrning qadimiyat ishlari vaziri Xolid Ahmad al-Ananiy gapirib berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga qaraganda, qazishma ishlari 2017-yil noyabrida boshlangan edi. Bir necha dafn shaxtalari aniqlandi. U yerda 6–8 metr chuqurlikda 40 ta tosh va yog‘och sarkofag topildi.

Sarkofaglardan 17 ta mukammal saqlangan mumiya, shuningdek, turli bezaklar, niqoblar, tumorlar, idish-tovoq va mingdan ortiq haykalchalar qazib chiqarildi.

“Bu hali boshlanishi, — dedi al-Ananiy. — O‘ylashimcha, kamida yana beshta ekspeditsiya o‘tkazishimiz lozim. Lekin bir narsa ma’lum: tez orada mamlakatning bu qismida yangi arxeologik osori atiqa paydo bo‘ladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют