» » Mun Chje Inning vakili: KXDR delegatsiyasi AQSh bilan aloqalarni rivojlantirishga rozi bo‘ldi

Mun Chje Inning vakili: KXDR delegatsiyasi AQSh bilan aloqalarni rivojlantirishga rozi bo‘ldi


KXDR delegatsiyasi parallel tarzda Koreya Respublikasi va AQSh bilan aloqalarini rivojlantirishga rozi bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Janubiy Koreya prezidentining rasmiy vakili Kim Iy Gyomga tayanib.

“Prezident Mun Chje In AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yaxshilashga va Koreya yarim oroli muammolarini puxtalik bilan hal qilishga qaratilgan muloqot iloji boricha tezroq boshlanishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdi”, — dedi mamlakat yetakchisining vakili KXDR vakillari bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga javoban KXDR vakillari “Shimoliy Koreya va AQSh aloqalari Pxenyan va Seulning o‘zaro munosabatlari bilan parallel tarzda rivojlanishi kerakligi hamda Shimolda AQSh bilan muzokaralar olib borish uchun yetarlicha asoslar borligi haqidagi fikrga qo‘shilgan”.

KXDRlik mansabdorlar Pxyonchxandagi Olimpiya o‘yinlari yopilish marosimida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yetib keldi. Kechki payt esa delegatsiya Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In bilan bir soatlik uchrashuv o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют