» » Janubiy Koreya prezidenti KXDRning yangi gij-gijlashlariga javoban, uni butunlay yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qildi

Janubiy Koreya prezidenti KXDRning yangi gij-gijlashlariga javoban, uni butunlay yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qildi


Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR bilan muzokaralar olib borish ilojsiz ekanligini aytdi va uni butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Seuldagi Milliy xavfsizlik kengashi majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

KXDR BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzgan holda, yana ballistik raketa uchirganini ta’kidlar ekan, Mun Chje In “bunday vaziyatda Pxenyan bilan muzokaralar imkonsiz” ekanligini aytdi.

“Shimoliy Koreya Janubga yoki ittifoqdoshimiz (AQSh)ga nisbatan gij-gijlashlarni qo‘llagan taqdirda, biz Shimolni qayta o‘nglana olmaydigan darajada yo‘q qilib tashlash uchun yetarlicha kuchga egamiz”, — dedi prezident.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют