» » Janubiy Koreya prezidenti harbiy harakatlar Seul roziligisiz boshlanmasligiga ishonchi komil

Janubiy Koreya prezidenti harbiy harakatlar Seul roziligisiz boshlanmasligiga ishonchi komil


Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Koreya yarim orolidagi har qanday jangovar harakatlar KXDR atrofidagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga intiladigan Seul tasdig‘idan o‘tmasdan turib amalga oshishi mumkin emasligiga ishonchi komil. Bunday bayonot bilan davlat rahbari Koreyaning 1945-yilda yapon istilosidan ozod bo‘lgan sanaga bag‘ishlangan tadbirda chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

“Seul har qanday yo‘l bilan urushning oldini olishga intilmoqda. Koreya yarim orolidagi jangovar harakatlar Koreya Respublikasi tomonidan rozilik berilmagunicha, boshlanmaydi”, — dedi prezident.

Mun Chje In o‘z nutqida KXDR atrofidagi inqirozdan tinch yo‘l bilan chiqish uchun bor imkoniyatni ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, KXDR raketa uchirishni va yadro sinovlarini o‘tkazishni bas qilsa, u bilan muzokaralar olib borish uchun sharoit yuzaga keladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют