» » Seul: Pak Kin Xening impichmenti Janubiy Koreyaning KXDR bilan aloqalariga ta’sir qilmaydi

Seul: Pak Kin Xening impichmenti Janubiy Koreyaning KXDR bilan aloqalariga ta’sir qilmaydi


Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xening hokimiyatdan uzil-kesil chetlatilishi mamlakatning KXDR bilan aloqalariga ta’sir o‘tkazmaydi. Bu haqda mamlakat birlashuv vazirligining rasmiy vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Konstitutsiyaviy sud hukmiga qaramay, vazirlik Shimoliy Koreyaga nisbatan hozirgi siyosatni olib borishda davom etadi”, — dedi u.

2013-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, Pak Kin Xe KXDR bilan ishonchli munosabatlarni qurish ustida ishlamoqchi ekanligini e’lon qilgan edi. Ammo Pxenyan 2016-yilda ikkita yadro sinovini o‘tkazib, 20 dan ortiq ballistik raketa uchirgach, Koreyalararo aloqalar tarixdagi eng pastki nuqtalardan biriga kelib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 2016-yil 9-dekabrda yirik korrupsiya mojarosi fonida mamlakat parlamenti tomonidan prezident Pak Kin Xega nisbatan e’lon qilingan impichmentni tasdiqladi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют