» » AQShning BMTdagi doimiy vakili: KXDRdagi raketa sinovi Koreya Respublikasi yangi prezidenti uchun signal edi

AQShning BMTdagi doimiy vakili: KXDRdagi raketa sinovi Koreya Respublikasi yangi prezidenti uchun signal edi


KXDRning navbatdagi raketa sinovi — Pxenyan tomonidan Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje Inga qaratilgan signal. Bunday fikrni AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli bildirdi, deb yozadi “TASS”.

ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida KXDRdagi raketa sinovini izohlar ekan, u: “Bu 9-maydagi saylovlardan keyin Janubiy Koreyaga qaratilgan signal edi, deb o‘ylayman”, — dedi. Xeyli, shuningdek, Kim Chen In “paranoyya holatida” ekanligini aytdi.

U AQSh Shimoliy Koreyaning “tanobini tortib qo‘yishda davom etishi”ga va’da berdi. “Biz qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan sanksiyalar hali ko‘p… Biz hali qilinmagan ko‘p narsalarni amalga oshirishimiz mumkin”, — dedi Xeyli.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют