» » Krishti “Real”ning, Messi “Barselona”ning yirik g‘alabasini ta’minlagandi. Endi Grizmann “Atletiko”da o‘zini ko‘rsatdi

Krishti “Real”ning, Messi “Barselona”ning yirik g‘alabasini ta’minlagandi. Endi Grizmann “Atletiko”da o‘zini ko‘rsatdi


Ispaniya La Ligasining 25-turi turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turgan uch klubga omad keltirdi. Bir kun avval “Real” va “Barselona” yirik g‘alabalarga erishgan bo‘lsa, kecha turning markaziy o‘yinida “Atletiko” Sevilyada 5 ta gol urishni uddaladi.

Messi va Krishtianu o‘z jamoalari uchun 2 tadan gol urib bergan bo‘lsa, Antuan Grizmann 3 ta gol urdi. Shuningdek, golli pas ham uzatdi. Shu tariqa “Barselona”, “Atletiko” va “Real Madrid” jamoalarining o‘zaro ochkolari farqi 7 tani tashkil qilmoqda. Kecha zafar quchgan “Valensiya” esa “Real”dan 2 ochko kamroq to‘plab, kuchli to‘rtlikni yakunlagan.

Ispaniya La Ligasi

25-tur bellashuvlari

25-fevral, yakshanba

Gol: Enes Unal, 3 (1:0).

Noaniq penaltilar: Rodriges Anxel, 36 (X). Xorxe Molina, 51 (X).

Gollar: Yusuf An-Nosiriy, 13 (0:1). Markel Susayeta, 17 (1:1). Mikel San-Xose, 44 (2:1).

Noaniq penalti: Yusuf An-Nosiriy, 61 (M).

Chetlatish: Yusuf An-Nosiriy, 84 (M).

Gollar: Santi Mina, 34 (1:0). Mikel Oyarsabal, 54 (1:1). Santi Mina, 68 (2:1).

Gollar: Diyego Kosta, 29 (0:1). Antuan Grizmann, 42 (0:2). Antuan Grizmann, 51-pen (0:3). Koke, 65 (0:4). Antuan Grizmann, 81 (0:5). Pablo Sarabiya, 85 (1:5). Nolito, 89 (2:5).

26-fevral, dushanba

“Levante” — “Betis” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют