» » Fransuz tili darslari

Fransuz tili darslari


Toshkent fransuz alyansi fransuz tili darslarini bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun CECRL standartining A1 boshlang‘ich darajasidan C1 mukammal darajasigacha sessiyalarini uyushtiradi. Ushbu markaz siz uchun ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda yakshanba kunlari darslar taklif etadi.

Imtihonlar

Toshkent fransuz alyansi DELF (Fransuz tili o‘quv diplomi), DALF (Fransuz tili chuqurlashtirilgan diplomi), 13—17 yoshli o‘quvchilar uchun DELFJunior va 8—12 yoshli o‘quvchilar uchun DELFPrim imtihonlariga tayyorlaydi. Fransiyada o‘qishni davom etirishni istaganlar uchun Campus France o‘z maslahatlari bilan yordam ko‘rsatadi.

Yakka tartibdagi darslar

Biz sizlar uchun yil davomida sizning maxsus talabalaringizga moslashtirilgan, ish qobiliyatingiz darajasiga to‘g‘ri keladigan yakka tartibdagi hamda mini-guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini beradigan darslar taklif qilamiz.

Faoliyatning turli sohalariga mo‘ljallangan darslar

Ushbu darslar sizga o‘z sohangizdagi faoliyatingizda muvaffaqiyat qozonishiga imkon beradi. Toshkent fransuz alyansi muassasalar va ularning xodimlari (rahbariyat, xizmatchilar) talablariga binoan fransuz tilining barcha darajalaridagi professional muloqot turlarini taklif etadi. Darslar korxona binosida yoki TFA binosida uyushtiriladi. Bugungi kunda alyansda Tarjimonlar, Tadbirkorlar va Turizm sohasida ishlayotganlar uchun darslar mavjud.

Chet el fuqorolari uchun o‘zbek tili darslari

Toshkent fransuz alyansi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatyotgan, madaniy tajriba orttirish istagida bo‘lgan chet el fuqorolariga uchun o‘zbek tili darslarini tavsiya qiladi. Darslar fransuz  tilining yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy kommunikativ texnika va texnologiyalar yordamida olib boriladi.

Toshkent fransuz alyansi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida qiziqarli madaniy tadbirlar, Fransiyaning mashhur sa’nat arboblari va diplomatlari bilan tanishishlar, klublar, ko‘rgazmalar tashkil etadi. Shuningdek, Fransuz alyansi eng yirik mediatekaga ega: 8 mingdan ortiq kitoblar, jurnallar, CD va DVD-disklar fondi. Bir yil mobaynida AFT’da 1500 dan ortiq talabalar tahsil oladilar. Siz ham dunyoning fransuz tilida gaplashadigan ziyolilariga yaqinroq bo‘ling.

Bahorgi sessiyaga qabul 1-martdan 30-martgacha amal qiladi.

Mashg‘ulotlarning boshlanish sanasi: 2018-yilning 2-apreli.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali soat 14:00 dan 19:00 gacha olish mumkin: +998 (71) 244-94-08; +998 (71) 244-94-09.

Manzil: Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112 (“Labzak” bekati).

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют