» » “Qora pantera” filmi kinoprokatda 700 mln dollardan ortiq pul ishladi

“Qora pantera” filmi kinoprokatda 700 mln dollardan ortiq pul ishladi


Marvel studiyasining “Qora pantera” (Black Panther) kinokomiksi ikkinchi hafta ham Amerika kinoprokatida birinchi o‘rinni egallamoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ikkinchi uik-end davomida u 108 million dollardan ortiq pul ishladi.

O‘n kun ichida “Qora pantera” Shimoliy Amerikada 400 million dollar to‘pladi, kinokomiskning butun dunyo bo‘yicha yig‘imlari hozir 704 million dollarga teng.

Ikkinchi uik-enddagi yig‘imlar bo‘yicha kartina tarixda ikkinchi o‘rinni egalladi, ushbu reytingda birinchi o‘rin esa “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” blokbasteriga tegishli (149 million dollar).

Ikkinchi o‘rinni “Tungi o‘yinlar” (Game Night) egalladi, 37 million dollar budjetga ega film dam olish kunlarida 16,6 million dollar ishladi.

Amerika boks-ofisida uchinchi o‘rinda — “Quyon Piter” (Peter Rabbit). Budjeti 50 million dollar bo‘lgani holda, uch haftada 71,2 million dollar ishlab topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют