» » “Aslahali arvoh”ning AQShdagi ilk namoyishi atigi 19 mln dollar to‘pladi

“Aslahali arvoh”ning AQShdagi ilk namoyishi atigi 19 mln dollar to‘pladi


AQSh kinoteatrlarida 31-mart kunidan namoyishi boshlangan “Aslahali arvoh” (Ghost in the Shell) filmi ilk dam olish kunlari o‘ziga sarflangan mablag‘ning hatto beshdan bir qismini ham to‘play olmadi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar bermoqda.

Kartina atigi 19 million dollar yig‘di, bu esa budjeti 110 million dollar bo‘lgan blokbaster uchun muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi.

“Aslahali arvoh” (unda bosh rolni Skarlett Yoxansson ijro etgan) yoshlarda qiziqish uyg‘otmadi: filmga chipta olganlarning 76 foizi 25 yoshdan kattalar bo‘lib chiqdi.

AQShdagi eng kassabop kartinalar ro‘yxatida “Kichkina xo‘jayin” (The Boss Baby) animatsiyali filmi peshqadamlik qilmoqda. Film Amerikada 49 million dollar, dunyo bo‘yicha esa 70 million dollar to‘pladi.

Ikkinchi o‘rinni esa “Sohibjamol va maxluq” (Beauty and the Beast) egalladi. “Aslahali arvoh” uchinchi o‘rinda qayd etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют