» » Volkswagen “dizel mojarosi” doirasida AQShning 10 shtati rasmiylariga 157 mln dollar to‘lab beradi

Volkswagen “dizel mojarosi” doirasida AQShning 10 shtati rasmiylariga 157 mln dollar to‘lab beradi


Volkswagen “dizel mojarosi” doirasidagi da’volarni bartaraf etish uchun AQShning 10 shtati rasmiylariga 157 million dollar to‘lab beradi. Bu haqda avtokonsernning mamlakatdagi filiali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Volkswagen 10 ta shtat bosh prokurorlari bilan Qo‘shma Shtatlardagi ‘dizel mojarosi’ga tegishli da’volarni bartaraf etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Biz tomonimizdan to‘lab beriladigan 157,45 million dollar Konnektikut, Delaver, Men, Massachusets, Nyu-York, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Vermont va Vashington shtatlari o‘rtasida taqsimlanadi”, — deyiladi filial bayonotida.

Ta’kidlash joizki, kelishuv faqat ikki litrli dizel dvigatellarga ega avtomobillarga taalluqli.

Oldinroq konsern mazkur mashinalarga oid da’volar bo‘yicha AQShdagi 44 shtat, Kolumbiya poytaxt okrugi va Puerto-Riko rasmiylariga 603 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют