» » Turkiyaning sayyohlik sohasidagi daromadlari 2017-yilda 26 mlrd dollardan oshdi

Turkiyaning sayyohlik sohasidagi daromadlari 2017-yilda 26 mlrd dollardan oshdi


2017-yilda Turkiyaning sayyohlik sohasidagi daromadlari 26,28 milliard dollardan oshdi. Daromadlarning umumiy tuzilmasida 20,223 million dollar chet ellik sayyohlar, qariyb 6 milliard dollar esa xorijda yashaydigan Turkiya fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi UZ24.

2017-yilda Turkiya sayyohlikdan olgan daromadlarining 22,5 foizi chet elda yashaydigan Turkiya fuqarolari hisobidan shakllantirilgan.

Har bir sayyoh Turkiyada o‘rtacha 681 dollar sarflagan, shu jumladan chet ellik sayyoh — 630 dollar, xorijda istiqomat qiluvchi Turkiya fuqarosi — 903 dollar, bu esa 2016-yildagidan (978 dollar) 75 dollarga kamroqdir.

Sayyohlar Turkiyada 2017-yilda o‘rtacha 12,7 kecha yashagan. Chet elliklar 10,6, Turkiya fuqarolari — 22,9 kechani o‘tkazgan.

Turkiyaga o‘tgan yili jami 38,62 million kishi tashrif buyurgan, shularning 32,79 millioni chet ellik, 6,55 million — xorijda yashovchi turkiyaliklardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют