» » 2016-yilda 753 nafar o‘zbekistonlik Turkiyaga kelin bo‘ldi

2016-yilda 753 nafar o‘zbekistonlik Turkiyaga kelin bo‘ldi


Turkiya Statistika idorasi ma’lumotiga qaraganda, o‘tgan 2016-yilda mazkur mamlakat chet ellardan 22 583 nafar kelin olgan. Bu haqda “Hilol.uz” xabar bermoqda.

Xorijlik kelinlarning eng ko‘pi – 6495 nafari suriyalik. Buni Suriyaning Turkiya bilan qo‘shni ekani, qolaversa, Turkiyada bir necha million suriyalik qochqin yashayotgani bilan izohlash mumkin, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Germaniyadan 2644, Ozarbayjondan 2170, Rossiyadan 1445, Ukrainadan 1097 nafar kelin kelgan.
O‘zbekistondan esa 753 nafar ayol Turkiyaga kelin bo‘ldi.

Chet ellik kelinlar ro‘yxatining ilk o‘ntaligida Qirg‘iziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozog‘iston (487) fuqarolari ham bor.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют