» » Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti gruziyalik o‘quvchiga tahsil uchun 1 mln dollar ajratdi

Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti gruziyalik o‘quvchiga tahsil uchun 1 mln dollar ajratdi


Batumida yashovchi 12-sinf o‘quvchisi David Jincharadze Abu-Dabidagi (BAA) Nyu-York universitetida tahsil olish uchun 1 million dollar miqdoridagi grantga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Iyun oyida maktabni tugatganimdan so‘ng Abu-Dabida o‘qishni davom ettiraman, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va jurnalistikani o‘rganaman. Universitet o‘qishim, Amirliklarda yashashim va boshqa xarajatlarni to‘liq moliyalashtiradi, bu esa 1 million dollardan oshiq mablag‘ni tashkil etadi”, — deydi Jincharadze.

Qayd etish joizki, David 10 ming talabgor qatnashgan sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, universitetning 150 nafar bo‘lajak talabasi qatoridan o‘rin oldi.

Abu-Dabida 2010-yili ochilgan Nyu-York universiteti filiali butun dunyo bo‘ylab iqtidorli talabalarni qidiradi va ularga stipendiyalar hamda grantlar tariqasida moliyaviy ko‘makni ta’minlaydi. Nomzodlar internet-so‘rov, testlar, portfolio, ko‘plab esse va yuzma-yuz suhbatdan so‘ng tanlab olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют