» » Navoiy hokimi yoshlarning innovatsion loyihalari uchun 65 mln so‘m ajratdi

Navoiy hokimi yoshlarning innovatsion loyihalari uchun 65 mln so‘m ajratdi


Navoiy shahridagi Yoshlar markazida yoshlar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Navbahor, Karmana tumanlari va Navoiy shahridan ishtirok etgan yoshlarning yangi ishlanmalari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Navbahor tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Bekzod Odilov barqaror muqobil energiya olish manbai loyihasini yaratdi. Ikkita quvvat batareyalari yordamida o‘zgarmas elektr energiyasini o‘zgaruvchan energiyaga aylantirish va bu jarayonda batareyalarni ham quvvatlash ishkonini beruvchi “tuganmas” energiya manbaini ishlab chiqdi.

Bir oila ehtiyojiga yetadigan bunday qurilmani yaratish uchun 5 million so‘m sarflansada, u xonadonni uzluksiz 4 yil davomida charog‘on qilib turadi. Bu innovatson g‘oya istiqboli uchun viloyat hokimi 10 million so‘m moliyaviy ko‘mak beradigan bo‘ldi.

Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Humoyun Haydarovning ixtirosi bundan-da g‘aroyib.

— Smart Fun System, ya’ni aqlli ventilyator loyihasi har bir xonadon uchun juda asqotadi, — deydi Humoyun. — Xususan, qurilma xona haroratini mo‘tadil saqlab, issiqlik harorati 33 darajadan oshsa ventilyator ishga tushib, xonani sovita boshlaydi. Agarda uyda is gazi to‘plansa, “ehtiyot bo‘ling, xonada gaz” yozuvi paydo bo‘lib, o‘zidan ogohlantirish signali tarqatadi.

Uning mazkur loyihasi taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tib, izlanishlarini rag‘batlantirish uchun viloyat hokimi 5 million so‘m ajratdi.

Tadbir davomida mamlakatdagi mashhur brendlar asoschilari, muvaffaqiyatga erishgan va tajribali tadbirkorlar ishtirokida yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi Green Line profil qo‘shma korxonasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodiga sayohat uyushtirildi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan innovatsion loyihalar uchun viloyat hokimi jami 65 million so‘m ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют