» » Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash va ularning maoshidan pul ushlab qolish mezonlari tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash va ularning maoshidan pul ushlab qolish mezonlari tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasining 22-fevraldagi 137-son qarori bilan Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Tasdiqlangan mezonlardan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlash va mukofotlash qo‘llaniladi. Ushlanmaning ham, mukofotning ham eng yuqori miqdori xodim lavozim maoshining 50 foizini tashkil etadi.

Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qo‘llanishi intizomiy jazo chorasini qo‘llash bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelmaydi. Xodim avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib bir martalik pul ushlanishini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Pul mukofoti rag‘batlantirish chorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qo‘llanadi.

Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBBda tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning hisobot choragidan keyingi hisobot choragining birinchi oyi 15-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladigan majlislarida o‘tgan chorakdagi IIO xodimlarining faoliyati baholanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют