» » O‘zbekistonda mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-maydagi qarori (pdf) bilan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Yo‘l qo‘yilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxs intizomiy jazo choralarining quyidagi turlariga tortilishi mumkin:

Mansabdor shaxsning aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) ijro intizomining tizimli va tanqidiy tahlili asosida, shuningdek, qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar natijalari bo‘yicha belgilanadi.

Mansabdor shaxsning aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) Oliy Majlis palatalari, Prezidnet Devoni, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ham belgilanishi mumkin.

Mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi taklif:

Intizomiy choralar ijrosi uchun kadrlar xizmati xodimlari umumiy javob beradi, jarima, rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlarning to‘xtatilishi yoki ularning miqdori pasaytirilishi tarzidagi intizomiy jazolar ijrosi uchun esa davlat (xo‘jalik) boshqaruvining (hokimlik) va boshqa tashkilotlarning tegishli organi moliya xizmati (bosh buxgalter) javob beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют