» » Xayriya aksiyasi. 6 yoshli Asomiddin saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj

Xayriya aksiyasi. 6 yoshli Asomiddin saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj


6 yoshli Asomiddin og‘ir kasallik bilan kurashmoqda. U 2017-yilning 16-oktabr kuni gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan.

Uning tashxisi: chuqur limfoblast leykoz, 1-faol davri. Onasining so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning 13-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tahlil topshirilganida, qonda oq qon donachalari ko‘p ekanligi ma’lum bo‘lgan.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Uch marta qon quyishdi, 4 marotaba tromba qo‘yildi, 2 marta plazma quyildi, ko‘p bora kimyo terapiyasini oldi.

Moskvaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oq qon javobi kelgan. Hozir yana bitta kurs olamiz. Besh kursdan iborat bo‘lib, bir kursi ikki oyni tashkil etadi.

Uchinchi kurs tugagandan keyin yana bitta katta kurs bor. Ikki yilgacha davolanish muolajalarini oladi. Bir oyda 4 ta kimyoterapiyasi bor”, — deydi onasi.

Shifokorlarning aytishicha, Asomiddin davolanish muolajalarini, navbatdagi kimyo terapiyasi kurslarini o‘z vaqtida olib tursa, davolanish imkoni bor. Navbatda  turgan davolanish kimyoterapiya kurslari uchun juda katta mablag‘ talab etiladi. Dorilari juda qimmat. Bundan tashqari, uning boshqa davolanish kurslari uchun yana mablag‘ talab etiladi.

Asomiddinning ota-onasi moddiy tomondan qiynalib qolgan. Ularning qarzlari ham ko‘payib ketgan. Shu sababdan bolaning oila a’zolari barcha ezgu niyatli insonlardan imkon qadar yordam berishlarini so‘raydi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Xalq banki Toshkent viloyati filiali amaliyot bo‘limi rekzvizitlari:

Indeks: 100096  INN: 205 888 230  MFO: 0088323120000200000883100

Plastik karta orqali:(Click, Payme) Risdavlatov G‘ayratbek.

Agrobank: 8600-0417-8428-8475

Xalqbank: 8600-0604-0578-3466

Telefon raqami: +998905697603

Onasi Sabohat Toshquvvatovaning telefon raqami: +998909734630.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют