» » Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan 10 yoshli Ulug‘bek yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan 10 yoshli Ulug‘bek yaxshilar ko‘magiga muhtoj


10 yoshdan oshgan Ulug‘bek qariyb bir yildan beri og‘ir kasallik bilan kurashmoqda. Unga chuqur limfoblast leykoz, 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan.

“2017-yilning 17-avgust kuni tahlil topshirganimizda bolamning qonida oqqon tanachalari ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Bizni onkogematologiyaning 1-bolalar bo‘limiga o‘tkazishdi. Bolamning qoni tarkibida trombotsitlari yo‘q bo‘lgani uchun badanida ko‘karishlari bor edi. Rossiyaga analiz yuborildi, u yerdan ham xuddi shunday javob keldi. 2 marta tromba oldi, 2 marta qon va plazma qo‘yildi. U yerda 6 marta lyumbali (orqa miyaga, ya’ni umurtqasiga) kimyoterapiya qilindi. Kuchli antibiotiklar yuborildi. Kelgan vaqtimizda ahvoli judayam og‘irligi uchun 45 kunlik chaqalog‘imni onamga qoldirib shifoxonaga yotdim. Shifokorlarning sa’y-harakati bilan o‘g‘limning ahvoli yaxshi tomonga o‘zgardi. O‘zining organizmi qon ishlab chiqara boshladi”,— deydi Ulug‘bekning onasi Zulayho opa.

Shifokorlarning aytishiga ko‘ra, bola kunduzgi bo‘limda konsolidatsiyani davom ettirish kerak. Konsolidatsiya jarayoni 3 kurs bo‘lib, 1 yarim yillik qo‘llab-quvvatlovi bor. Davolanish muddati 2 yilni tashkil qiladi.

Davolanish muolajalariga juda katta mablag‘ talab etiladi. Saxovatpesha insonlardan imkon qadar Ulug‘bekning davolanishi uchun o‘z hissasini qo‘shishlarini so‘raymiz.

Plastik karta orqali (Click, Payme): Agrobank 8600 0417 3346 8350 Saitova Zulayho.

Bog‘lanish uchun Zulayho opaning telefon raqami: +998 97 314 09 85



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют