» » Donald Trampning kuyovi AQSh davlat sirlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilindi

Donald Trampning kuyovi AQSh davlat sirlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilindi


AQSh prezidentining kuyovi hamda maslahatchisi bo‘lmish Jared Kushner mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan Donald Trampga taqdim etiladigan maxfiy ma’lumotlar borasida hisobotni ko‘rish huquqidan mahrum etildi, deb xabar beradi Meduza.

Tegishli qarorni o‘tgan hafta Oq Uy apparatining rahbari Jon Kelli qabul qilgan. Kushnerning darajasi eng yuqoridan “maxfiy”ga qadar tushirildi.

The Washington Post gazetasining aniqlashicha, kamida to‘rtta mamlakat hukumati “moliyaviy qiyinchiliklari va tashqi siyosatdagi tajribasining kamligidan” foydalangan holda Jared Kushnerni manipulyatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Xususan, bu kabi rejalar Birlashgan Arab Amirligi, Xitoy, Isroil va Meksikada muhokama qilingan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Kushner mazkur qarorga rozi bo‘lgan va prezidentdan maxfiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat beruvchi darajasining qaytarilishini so‘ramaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют