» » AQSh bo‘yicha mutaxassis Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi

AQSh bo‘yicha mutaxassis Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi


KXDR TIV Shimoliy Amerika departamenti rahbari Soy Son Xi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar beradi “TASS”.

Ekspertlar buni Pxenyanning Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligi alomati sifatida baholamoqda.

Pxyonchxandagi qishki Olimpiadaning yopilish marosimiga tashrif buyurgan KXDR delegatsiyasi ham Seulni AQSh bilan muloqot istisno etilmasligi haqida ogohlantirgandi.

Soy Son Xi tajribali diplomat, Qo‘shma Shtatlar va ingliz tili bilimdoni hisoblanadi. U KXDR yadro dasturi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarda ishtirok etgan, 20017-yili Norvegiya va Rossiyada AQShning sobiq hukumat arboblari bilan norasmiy aloqalarda bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют