» » Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Tarantinoning yangi filmida birinchi marta birga rol o‘ynaydi

Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Tarantinoning yangi filmida birinchi marta birga rol o‘ynaydi


Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Kventin Tarantinoning yangi filmida bosh rollarni o‘ynaydi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Kartina “Bir kuni Gollivudda” deb nom oldi. Filmdagi voqealar 1969-yilda sodir bo‘ladi, syujet esa seriyali qotil Charlz Mensonning sektasi hamda rejissor Roman Polanskining rafiqasi Sheron Teytning o‘ldirilishi atrofida quriladi.

DiKaprio teleserial sobiq aktyori Rik Dalton, Pitt esa uning kaskadyori Kliff But rolini o‘ynaydi. Ikkala qahramon ham Gollivudda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Syujet bo‘yicha Daltonning qo‘shnisi Teyt bo‘ladi.

Tarantino yangi film ssenariysini besh yil davomida yozganligini aytdi.

Film Sheron Teytning Menson sektasi a’zolari tomonidan o‘ldirilganiga roppa-rosa 50 yil bo‘lgan kunda — 2019-yil 9-avgustda ekranlarga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют