» » AQShdagi “Oila” sektasi yetakchisi o‘z ajali bilan o‘lgani ma’lum bo‘ldi

AQShdagi “Oila” sektasi yetakchisi o‘z ajali bilan o‘lgani ma’lum bo‘ldi


AQShda qator qotilliklarga qo‘l urgan “Oila” sektasi yetakchisi Charlz Menson o‘z ajali bilan o‘ldi. Bu haqda CBS telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK” .

Menson Kaliforniya shtatining Beykersfild shahri kasalxonasida 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

U tibbiy muassasaga 9 ta umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan “Korkoran” qamoqxonasidan keltirilgandi.

Menson 1969-yilda “Oila” deb nomlangan jinoiy guruhi bilan birga rejissor Roman Polanskining rafiqasi Sheron Teyt va uning to‘rt nafar do‘stini o‘ldirgan. Bundan tashqari, Menson yana ikkita qotillikda aybdor deb topilgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u sodir etgan qotilliklarning soni bundan ham ko‘proq.

Menson va uning uch sherigiga o‘lim jazosi berilgan, biroq 1972-yilda Kaliforniyada o‘lim jazosi bekor qilingani uchun ular umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют