» » Amerikada ashaddiy qotil Charlz Menson hayot uchun kurashmoqda

Amerikada ashaddiy qotil Charlz Menson hayot uchun kurashmoqda


Umrbod ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik ashaddiy qotil Charlz Menson qamoqxonadan Kaliforniyadagi kasalxonaga olib ketildi, deb xabar beradi New York Post.

Xabarda qayd etilishicha, 83 yoshli jinoyatchining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan. Ayni vaqtda u hayot uchun kurashmoqda. Klinikada u bilan birga besh nafar politsiyachi ham bor.

Mensonning ayni qaysi kasallikka chalingani ma’lum qilinmagan. Biroq, shifokorlar uning yaqin vaqt ichida vafot etishini aytgan.

2017-yilning yanvar oyida Menson oshqozonidagi muammolar tufayli kasalxonaga tushgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, u yana qamoqxonaga qaytarilgandi.

Menson 1969-yilda o‘zining “Oila” deb nomlangan jinoiy guruhi bilan birga rejissor Roman Polanskining rafiqasi Sheron Teyt va uning to‘rt nafar do‘stini o‘ldirgan. Bundan tashqari, Menson yana ikkita qotillikda aybdor deb topilgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u sodir etgan qotilliklarning soni bundan ham ko‘proq.

Menson va uning uch sherigiga o‘lim jazosi berilgan, biroq 1972-yilda Kaliforniyada o‘lim jazosi bekor qilingani uchun ular umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют